Beruniyda fuqarolar murojaati deputat tashabbusi bilan ijobiy hal etildi

 

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi rahbari Nizomiddin Abayev «Ozod» ovulida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalliy aholi tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi.

Jumladan, ovul aholisi ichki yo‘llarning ta’mirga muhtoj ekanligini bildirib, ushbu yo‘llarga shag‘al to‘shalishi yuzasidan murojaat qildi. Murojaatni o‘rgangan deputat Nizomiddin Abayev mazkur masalada mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi.

Yuborilgan so‘rov asosida tegishli tashkilotlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Tegishli tashkilotlar ishtirokida yo‘llarga shag‘al to‘shaldi va aholi murojaati ijobiy hal etildi.

Bu amaliy natija — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlarining joylarda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli va samarali ish olib borayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish