Buxoroda “Salomatlik uchun 5000 qadam”

 

Bugun Buxoro shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy sog‘lomlashtirish yurishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda partiyaning viloyat kengashi xodimlari, yoshlar qanoti a’zolari, shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchi va talabalari faol ishtirok etdi.

Ushbu loyiha orqali aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda ijtimoiy birdamlik muhitini mustahkamlash maqsad qilingan.

Tadbir ishtirokchilari bunday sog‘lomlashtirish aksiyalari yoshlarga ijobiy motivatsiya berishi, ularni salomatlikka bo‘lgan mas’uliyatni chuqur his etishga chorlashi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladilar.

Sog‘lom xalq — kuchli jamiyat asosi!

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish