Deputat “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini o‘rgandi

 

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi F.Rahimova hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodiyeva tomonidan fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, qashshoqlikni qisqartirish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilli va samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Zarafshon” MFYda uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida deputat Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar xonadonlariga borib, ularning murojaatlarini tingladi. Uchrashuv davomida har bir fuqaro uchun “Individual reja” asosida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, monitoring ishlari olib borildi. Unda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va yechimlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi.

 

O‘zXDP Samarqand viloyati kengashi matbuot xizmati.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish