O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi tomonidan Buxoro davlat universiteti talabalari ishtirokida “Yoshlar bilan muloqot – kelajak uchun investitsiya” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi mas’ullari, tajribali mutaxassislar va faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda yoshlarning siyosiy ongi, fuqarolik pozitsiyasi va kelajakka bo‘lgan intilishlarini shakllantirish haqida atroflicha fikr almashildi.
Muloqot davomida partiyaning dasturiy g‘oyalari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya va siyosiy faollik yo‘nalishidagi dasturlar haqida ma’lumotlar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bunday muloqotlar yoshlar bilan ochiq va samarali aloqa o‘rnatish, ularning fikrini tinglash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.