Surxondaryoda ham «Orzular dunyosi» aksiyasi tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP tashabbusi bilan Termiz shahrida joylashgan «Ro‘zi Choriyev» nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida viloyat Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish markazi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida «Orzular dunyosi» nomli aksiya tashkil etildi.

Aksiyada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor yoshlar qo‘l mehnatlari yarmarkasi va barcha tumanlardan kelgan ishtirokchilar ishtirokida ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda ishtirokchilar qo‘l mehnati bilan tayyorlagan mahsulotlari baholanib, o‘rin va nominatsiyalarga ega bo‘lishi bilan birga, turli tashkilotlardan kelgan mehmonlar ishtirokida nogironligi bo‘lgan yoshlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdo-yarmarkasi tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish