O‘zbekiston XDP Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan “Nogironlar” jamiyati, Badiiy akademiya viloyat bo‘limi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida nogironligi bo‘lgan yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini rag‘batlantirish maqsadida “Orzular dunyosi” ijodiy aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor yoshlar o‘rtasida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini tasviriy san’at (rasmlar, grafika, haykaltaroshlik, san’at installyatsiyalari) yo‘nalishida taqdim etdilar. Unda har bir ishtirokchining iste’dodi alohida e’tirof etilib, asarlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
G‘oliblar va ishtirokchilar O‘zXDP Samarqand viloyati kengashining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.