San’at va kreativlik uyg‘unligida yaratilgan asarlari bilan keng jamoatchilik e’tiboriga tushgan, zominlik iste’dodli yigit Husan Mirzahabibov bilan uchrashdik.
Instagram tarmog‘ida 750 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan Husan Mirzahabibov o‘zining noodatiy san’at yo‘nalishi bilan mashhur. U kubik-rubiklar va iplar yordamida taniqli insonlar portretlarini yaratar ekan, bu orqali yoshlar orasida ijodkorlik va texnik tafakkurni uyg‘otishga ilhom bermoqda. Uning videolavhalari ijtimoiy tarmoqlarda minglab ijobiy fikrlar va qiziqish uyg‘otmoqda.
Uchrashuv davomida Husan Mirzahabibov partiya vakillari bilan kelgusidagi rejalar, yoshlarga qaratilgan loyihalar va ijtimoiy tashabbuslar haqida suhbatlashdi. U O‘zbekiston XDP bilan yaqindan hamkorlik qilib, ijtimoiy-ma’rifiy loyihalarda faol ishtirok etishni, yoshlar orasida san’at va ijodga bo‘lgan qiziqishni oshirishga hissa qo‘shish niyatidaligini aytdi.
Husan Mirzahabibov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safiga qo‘shildi. U Toshkent shahar partiya kengashida partiya a’zoligiga qabul qilindi.
Ijodkor va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
Muhsiddin Nizomiddinov,
O‘zXDP Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i.