Namangan tumanida O‘zbekiston XDP guruhi tashabbusi bilan o‘rganilgan masala sessiyada muhokama etildi

 

Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashining 7-chaqiriq 8-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan o‘rganilgan «Namangan tuman tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ahvoli» to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Sessiyada o‘rganilgan masala yuzasidan tuman partiya kengashi raisi, deputatlik guruhi rahbari Umidjon Soliev axborot berdi.

Muhokamalarda tumanda aholiga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatilish holati, sohada mavjud muammolar va ularning yechimiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, tez yordam bo‘limining moddiy texnik bazasi, xodimlar uchun yaratilgan shart sharoitlar, zarur dori vositalarini ta’minoti, kadrlar tarkibini sifati, tez yordam avtotransportlari holati, ularning saqlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va boshqa muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada o‘rganilgan masala yuzasidan deputatlik guruhi tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalari inobatga olinib mutasaddi rahbarlarga tegishli vazifalar yuklandi va tegishli qaror qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish