Joriy yilning 22 – 27-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasida Shanxay hamkorlik tashkilotining siyosiy partiyalari forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad ShHT ruhini namoyon etishda siyosiy partiyalarning rolini oshirish hamda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Forum ishida Shanxay hamkorlik tashkilotining a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkor 20 dan ortiq mamlakatlarining 60 ta siyosiy partiya a’zolari va parlament vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Firdavs Sharipov ham ushbu anjumanda ishtirok etdi. U partiya dasturiy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi tajriba hamda hamkorlik istiqbollari haqida ma’ruza qildi.
Ta’kidlash kerak, Shanxay hamkorlik tashkiloti siyosiy partiyalar forumi o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim siyosiy platforma vazifasini o‘taydi.