Yoshlar parlamentiga nomzodlarni saralash bosqichi yakuniga yetdi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashida Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saralash bosqichi tashkil etildi. Unda poytaxtimizning faol, tashabbuskor va ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yoshlari ishtirok etdi.

Saralash bosqichi davomida nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Yoshlar parlamenti saylovini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida ko‘rib chiqildi.

Jarayonida ishtirokchilarning siyosiy savodxonligi, nutq madaniyati, jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalari hamda kelajakdagi rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilgan tadbirda yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish