O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining barcha viloyat kengashlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti nizomiga muvofiq, hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Saralash bosqichi davomida nomzodlar taqdim etgan hujjatlar komissiya tomonidan nizom doirasida ko‘rib chiqildi.
Mazkur bosqichda yoshlar o‘zlarining ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi va dolzarb masalalarga bo‘lgan munosabatini namoyon etdi. Jarayonda ishtirokchilarning siyosiy savodxonligi, nutq madaniyati, jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalari hamda kelajakdagi rejalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida ochiq muloqotlar, savol-javoblar, shuningdek, yoshlar o‘z rejalarini taqdim etish orqali o‘zlarini namoyon qilishdi.
Saralash bosqichi ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Yuksak natija ko‘rsatgan nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etildi.