Deputat avtovokzal tashkil etilishiga hissa qo‘shdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Shokirjon Axmedov Yozyovon tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ijtimoiy masalalarni o‘rganmoqda.
Tuman hokimligi, tuman IIB YPX bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida Yozyovon tumanida noqonuniy tarzda egallab olingan va foydalanib kelingan avtoturargoh faoliyati to‘xtatildi.
Shuningdek, tumanda avtovokzal tashkil etilib, tumanlararo qatnovchi avtobus va yengil avtomobillar ushbu avtovokzalga qaytarildi. Bu esa nafaqat transport tizimidagi tartibni tiklash, balki fuqarolarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish imkonini yaratdi.