Saylovchilar deputatga jo‘yali takliflar, salmoqli muammolarni bayon qildi

 

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi axborot xizmati xabar berishicha, xalq deputatlari Urganch tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Guliston Rajapova «Oq maktab» hamda Hojiboylar mahallalaridagi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan.

Xabarga ko‘ra, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan uy-joy uchun subsidiya, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida murojaatlar bo‘lgan. Shuningdek, maktab hamda bog‘chalarning yonida yosh va o‘smir bolalarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ichimliklar, yarim tayyor oziq-ovqatlar sotilishining oldini olish choralari ko‘rilishi so‘ralgan. Bunday holatlarni tegishli tashkilotlar o‘z nazoratiga olishi bo‘yicha iltimoslar yo‘llangan.

Fuqarolar, bundan tashqari, tomorqa yerlari uchun suv, chorva mollarini boqishga mo‘ljallangan alohida ekin maydoni hamda oilaviy shifokorlik punkti tashkil qilish masalalarida amaliy ko‘makka ehtiyoj borligini bildirgan.

Murojaatlarda ta’kidlangan masalalar va ularning yechimi yuzasidan takliflar o‘rganilib, tegishli tarzda qonuniy chora ko‘rilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish