Qonliko‘ldagi ichimlik suvi masalasi deputatimiz nazoratida

 

Xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhi a’zosi Qunnazar Pirnazarov “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Qonliko‘l tumani bo‘limi boshlig‘i S.Qoshantayevga deputat so‘rovi yubordi.

Unda yozilishicha, “Qonliko‘l” shaharcha fuqarolar yig‘ini hududidagi “Temir yo‘l” Qazaqbay ovuli aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mazkur hududga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi tumanning 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejasiga kiritilgani, biroq hali hanuz bu vazifa nihoyasigi yetmagani haqida murojaat bo‘lgan.

Deputat mas’ullardan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berilishi va belgilangan masalaga ijobiy yechim topishda amaliy choralar ko‘rilishini so‘ragan.

Deputatning so‘roviga kelgan javobda, “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Qonliko‘l tumani filiali tomonidan 2025-yilda “Qonliko‘l” posyolka fuqarolar yig‘ini hududida yangidan 3,1 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish rejalashtirilgani to‘g‘risida ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan buyon mazkur hududda loyiha qiymati 809 million so‘m bo‘lgan 4,4 km ichimlik suvi tarmoqlari qurib bitkazilib, 10150 nafardan ortiq aholi, 217 xonadon ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlangan.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish