Fraksiyamiz taklifi qabul qilinadimi?

Parlament quyi palatasi majlisida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Kecha fraksiya majlisida fraksiyamiz a’zolari huquqbuzarliklar profilaktikasi juda muhim institut ekanini e’tirof etgan, shu bilan birga, profilaktika ishlarini shaxsning ustuvor huquq va erkinliklariga daxl qilmagan holda, o‘tkazish to‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlashgan edi. Huquqbuzarligiga nisbatan jazo olib bo‘lgan haydovchilarning ichki ishlar profilaktik hisobiga olinishi haqidagi me’yorga to‘liq qarshi chiqilgan edi. Deputatlar fraksiyaning pozitsiyasi yalpi yig‘ilishga qadar hisobga olinishi sharti bilan qonun loyihasini kecha qo‘llab-quvvatlab ovoz berishgandi.

Ammo palata majlisida bu me’yor o‘zgarishsiz qolayotganiga O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari qarshi fikr bildirdi. Mas’ul qo‘mita ushbu me’yorni muvofiqlashtirish uchun muddat so‘radi. Loyiha tanaffusdan keyin kunning ikkinchi yarmida ovozga qo‘yilishi belgilandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida bugun 15:00 ga qadar tanaffus e’lon qilingan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish