Xonqa tumani «Durgadik» mahallasida O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi raisi R.Yusupov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul jarayonida Xonqa tuman hokimi U.Davlatov, tuman hokimining tegishli sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri, ushbu okrugdan saylangan deputat, mahalla yettiligi, mahalla faollari qatnashdi.
Fuqarolar mahalla hududidan o‘tuvchi yo‘l ta’mirtalab ahvolga kelib qolganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘lda chang to‘zon ko‘tarilishi natijasida harakatlanishda muammolar kelib chiqmoqda. Mazkur murojaat yuzasidan deputat tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalaning yechimi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Aniqlangan muammoni ijobiy hal qilish maqsadida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» Davlat dasturi doirasida mahalla hududidagi 4 kilometr ichki yo‘lni asfalt qilish yoki beton yotqizish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.
Nazokat Masharipova,
O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi xodimi.