Toshkent shahrida tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari sog‘liqni saqlash tizimidagi holatni o‘rganish maqsadida poytaxtdagi bir qator tibbiyot muassasalarida nazorat-tahlil ishlarini olib bormoqda.

Deputatlar poytaxtimizning tumanlarida joylashgan oilaviy poliklinikalar va xususiy klinikalarga borib, u yerdagi xizmat ko‘rsatish tartibi, tibbiy jihozlar holati, xodimlarning ish sharoitlari hamda bemorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Jarayon davomida aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolar fikr va takliflari tinglandi.

Ba’zi muassasalarda navbatlar mavjudligi, texnik vositalar ehtiyoji, dori-darmon ta’minotidagi uzilishlar kabi masalalar qayd etildi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish jarayonida raqamli texnologiyalar qo‘llanilayotgan, aholi bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan holatlar ham kuzatildi.

Аniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari tomonidan olib borilayotgan monitoring ishlari tizimli davom etadi. Bosqichma-bosqich barcha tumanlar qamrab olish ko‘zda tutilgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish