Shu kunlarda turli muassasa va tashkilotlarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalarida xotin-qizlar bayrami nishonlanmoqda. Opa-singillarimiz sha’niga iliq so‘zlar, samimiy tilaklar bildirilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyati kengashi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida Sharof Rashidov tumani «Kuyovboshi» mahallasining onaxonlari va xotin-qizlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mahoratli san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
O‘zbekiston XDP Kasbi tuman kengashi tomonidan «Denov» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston XDP tuman kengashi raisi, deputat S.Hamroyev hamda Agrosanoat majmuasi xodimlari Kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi, partiya faoli B.Islomov yig‘ilgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alarini topshirib, eng ezgu niyatlarini bildirishdi.
Toshkent viloyatida ham ayollarga bayram tadbiri tashkil etilmoqda. Jumladan, Angren shahar kengashi raisi F.Abdurahimova «Yangiobod» MFYdagi BPTda bo‘lib, u yerdagi xotin-qizlarda bahorning go‘zal ayyomi bilan tabrikladi. Sovg‘alar va e’tibor uchun ayollar o‘z minnatdorligini bildirdi.
Bu kabi tadbirlar barcha hududiy partiya tashkilotlarida davom etmoqda.