O‘zbekiston XDP Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi tashabbusi bilan «Chordara» mahalla fuqarolar yig‘inidagi BPTda hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda bir qator masala ko‘rib chiqildi.
Xususan, BPTlarning 2024-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi va tashkilot yetakchisini saylash masalasi ovozga qo‘yildi. Yig‘ilishda «Chordara» MFY BPT yetakchisi etib F.Nizomov qayta saylandi.
Xuddi shunday tadbir O‘rta Chirchiq tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar agentligida BPTda ham tashkil etildi. Unda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar sarhisob qilindi.
Shuningdek, hisobot-saylov yig‘ilishlarida «O‘zbekiston - 2030» strategiyasi va 2025-yil «Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi»dagi hamda partiya dasturidagi ustuvorliklardan kelib chiqib, BPTning joriy yildagi vazifalari belgilab olindi.