Bayrog‘imiz ozodligimiz ramzidir
O‘zbekiston XDP Nishon tumani kengashi tomonidan faol yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Nishon tumanidagi harbiy qismda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Davlatimiz ramzi bo‘lmish bayrog‘imiz xalqimiz mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanishi ta’kidlandi. Qadimda ozodlik uchun, vatan bayrog‘ining hilpirashi uchun bosib o‘tilgan shonli yo‘llar haqida ma’lumotlar berildi.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganligi qayd etildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.