Mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga sanoqli kunlar qolmoqda. Hozirda siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlar Saylovoldi dasturidagi maqsad hamda vazifalariga asoslanib, jamiyatimiz taraqqiyoti va kelajagi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Bu borada navoiyliklar ham faollikni qo‘lga olgan. Partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar, ularning ishonchli vakillari hamda partiya xodimlari ishtirokida o‘tkazilayotgan tadbirlar ochiq va samimiy ruhda kechmoqda. Jarayonda navoiylik yoshlar, jamoat tashkilotlari a’zolari, turli soha vakillari, uy bekalaridan tortib, vaqtincha ishsiz fuqarolargacha qamrab olinmoqda ishtirok etdi.
Xususan, Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga nomzod I.Narizova Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Tadbirda nomzod va partiya viloyat Kengashi raisi B.Tashev yig‘ilganlar partiya saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ustuvor maqsad va vazifalar, kelgusi besh yillik davr uchun mo‘ljallangan faoliyat yuzasidan ma’lumotlar berdi.
Xuddi shunday tadbir Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga nomzod N.Yusipova hamda xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputatligiga nomzod N.Tog‘ayeva ishtirokida ham o‘tkazildi. Xatirchi tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limida tashkil etilgan uchrashuv o‘zaro suhbat tarzda bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda saylovchilarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ijtimoiy sohaga doir taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi. Partiya dasturi va tashabbuslari bilan tanishgan saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Joylarda targ‘ibot tadbirlari davomi etmoqda.