Beruniyda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari, volontyorlik guruhlari ham faol targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.

Beruniy tumanidagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan muloqotda partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzodlar saylovchilarga tanishtirildi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda partiyaning Saylovoldi dasturidagi eng muhim yo‘nalish, xalq manfaatlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan g‘oya va takliflar yig‘ilganlarga tushuntirib berildi.

Uchrashuvda partiya faoliyati va tashabbuslariga oid flayerlar, bukletlar va yangi dastur o‘rin olgan kitobchalar tarqatilishi bilan birga saylovchilarning turli savollariga batafsil javoblar berildi. Saylov jarayonlarining muhimligi tushuntirilib, saylovda faol qatnashishga va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodlari, uning dasturi va albatta, partiyaga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish