Xalq demokratik partiyasiga ovoz berishga chaqirilmoqda

 

Jizzax davlat pedagogika universiteti "Madaniyat saroyi"da Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturi hamda deputatlikka nomzodlarni keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari M.O‘razaliyeva, O‘.O‘razbayev hamda partiyaning Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatovlar tomonidan so‘ngi 5-yil ichida partiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi yangi rejalar hamda ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati tushuntirilib, deputatlikka nomzodlar ham ishtirokchilarga tanishtirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida saylov qonunchiligiga oid savollar ishtirokchilarga yo‘llanib, to‘g‘ri javob egalariga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Partiyaning faoliyati va tashabbuslariga oid flayerlar, bukletlar va yangi dastur o‘rin olgan kitobchalar aholiga tarqatilib, tarqatma materiallar bilan birga eng muhim ustuvorliklar haqida ham saylovchilarga ma’lumotlar berilyapti.

Shu bilan birga, yurtdoshlarimiz saylovda faol bo‘lishga hamda Xalq demokratik partiyasi nomzodlari, uning dasturi va albatta, partiyaga ovoz berishga chaqirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish