partiya-munosabati
Parlament nazorati — siyosiy nazoratdir
Davlatimiz rahbari belgilab bergan har bir vazifa zamirida oddiy va hayotiy, isbot talab etmaydigan haqiqatlar turganini angladim. Bugungi parlament islohotlari xalqimiz istagi va xorijiy davlatlar tajribasiga mos kelayotganiga yana bir bor guvoh bo‘ldim. Parlament faoliyatini yanada kuchaytirish, yurtimizning ertangi kuni, oldimizdagi eng muhim vazifalar haqida chuqur tahlilga asoslangan mulohazalar ilgari surildi...
Fraksiyamiz mas’uliyatni zimmasiga oladi
Prezidentimiz partiyamiz saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan hamda xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan 2 ta eng muhim masalaga e’tibor qaratdilar. Qayd etilganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning sharoitlari yaxshilanishi jamiyatimizning inklyuzivligi uchun juda muhim. Buning natijasida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga teng huquqiy sharoitlar yuzaga keladi...
Parlament sog‘lom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerak
Majlisda katta hayajon, sharaf va mas’uliyat bilan ishtirok etdim. Zero, bu yilgi saylovlar butunlay yangicha tizimda o‘tgani, yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablariga uyg‘un ekani bilan tarixda qoladi. Ana shunday tarixiy sananing bevosita ishtirokchisi bo‘lish men uchun faxr ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardim...
Deputat vataniga sodiq, vijdonli odam bo‘lishi kerak
Quyi palata majlisida Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda ko‘p sonli millat va elat vakillari ahil-inoqlikda yagona oila bo‘lib yashab kelayotgani, bugungi kunda ularning ham davlat va jamiyat boshqaruvidagi faolligi oshib borayotgani xususida muhim fikrlar bildirildi...
Saylovchilar ishonchini oqlashga qaratilgan faoliyatimizni kuchaytiramiz
Qonunchilik palatasining birinchi majlisida qatnashar ekanman, ezgu o‘ylar xayolimdan o‘tdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har qanday saylov davlat va jamiyat uchun muhim siyosiy jarayon...
Har bir inson muhim!
Fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini so‘zsiz ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida davlatimiz rahbarining o‘tgan yili 1-iyundagi farmoniga muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi…
Muhim va global tashabbuslar
Qirg‘iziston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy tinchlik xartiyasi qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjat turkiy mamlakatlarning mavqeini oshiribgina qolmay, o‘zaro manfaatli va do‘stona aloqalarni chuqurlashtirish, ular o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi...
Xalq demokratik partiyasi – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvota joriy etish tashabbuskori
Xalq demokratik partiyasi vakillik organlarida, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida kvota joriy etishni ilgari surmoqda. Ushbu taklif partiyaning siyosiy maydondagi spektriga mos bo‘lgani holda u ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi...
“Maqsadimiz – ta’lim vaucheri tizimini joriy etish!”
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ta’lim olish tanlovini kengaytirish, raqobatni kuchaytirish hamda sohada sifatni oshirish vositasi sifatida oliy ta’limda ta’lim vaucheri tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi bir qator dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan...
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti — kuchli ijtimoiy siyosatning asosidir
Xalq demokratik partiyasi bozor iqtisodiyotining ijtimoiy samaradorligini oshirishga urg‘u berib kelayotgani, yangi Saylovoldi dasturida ham bu yo‘nalishda aniq, hayotiy va xalqchil takliflarni kiritgani zamirida bir haqiqat turibdi. Bu insonparvarlik, tenglik g‘oyalarini islohotlarga chuqur singdirish, ijtimoiy adolat va birdamlikni hamma narsadan ustun qo‘yish maqsadi bilan bog‘liqdir…