Aholi bilan muloqot: kommunal xizmatlar va BSK faoliyati muhokama markazida

 

Fraksiyamiz a’zolari Irina Tokareva va Jamol Ochilov Olmazor tumanidagi “Yangi Sebzor” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari, aholi hamda mahalla yettiligi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv konstruktiv ruhda tashkil etilib, aholini tashvishga solayotgan eng dolzarb masalalarni muhokama qilish maydoniga aylandi.

Muhokamaning alohida mavzularidan biri ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati bo‘ldi. Aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, uylar atrofi hududlarini obodonlashtirish, kirish yo‘laklari va muhandislik kommunikatsiyalarini saqlash hamda boshqaruv kompaniyasining aholi bilan samarali hamkorligi yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Deputatlar fuqarolarning murojaat va takliflarini diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berdilar hamda har bir murojaat batafsil o‘rganilishini ta’kidladilar. Bildirilgan barcha muammolar ularning samarali va o‘z vaqtida hal etilishiga ko‘maklashish maqsadida deputatlik nazoratiga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish