Deputatimiz Konimexda uchrashuv o‘tkazdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Iba Narizova Navoiy viloyati Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev bilan birgalikda “Zafarobod” mahallasida aholi vakillari, keksalar va yoshlar bilan uchrashdi.

Muloqotda mamlakatning 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy natijalari hamda yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish va davlat xizmatlari samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat, shuningdek, mahalladagi xotin-qizlarning yashash sharoiti, ularning bandiligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, infratuzilma, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid murojaat bildirildi. Deputatimiz har bir masalani mutasaddilar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rishini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish