Xabaringiz bor, joriy yilning 9 iyulida mamlakatimizda muddatidan ilgarigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Xalq demokratik partiyasi mazkur saylovda o‘z nomzodi bilan faol qatnashadi.
Shunga ko‘ra, Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ilgari surilayotgan nomzod Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatovni qo‘llab-quvvatlab, imzo yig‘ish jarayoni davom etmoqda.
Jarayon respublikamizning barcha hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kengashlari, 200 dan ortiq shahar va tuman kengashlari, 10 mingdan ziyod boshlang‘ich partiya tashkilotlarida tashkillashtirilmoqda. Shuningdek, jarayonda partiyamizning 1600 ga yaqin deputatlari ham faollik ko‘rsatmoqda. Partiyaning tashkilotlaridagi saylov shtablari doimiy ishlab turibdi.
Hurmatli fuqarolar!
Mamlakatimizda o‘tayotgan muhim siyosiy jarayonlarda siz ham faollik ko‘rsatishingizni, o‘z fuqarolik pozitsiyangizni bildirishingizni so‘raymiz.
Bizning nomzodni qo‘lab-quvvatlab imzo qo‘yishni xoxlagan saylovchilar quyida ko‘rsatilgan manzillarga kelishlari mumkin. Nomzod uchun imzo qo‘yishga kelgan shaxslar o‘zlari bilan pasport, ID karta yoki ularning elektron varintini olib kelishlari so‘raladi.
Imzo yig‘ish jarayonlari soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
Imzo to‘plash uchun tashkil etilgan joylar bilan quyidagi grafikda tanishishingiz mumkin.
.pdf fayl yuklanishini kuting