Farg'ona viloyati
Tashabbus natijasida 19 ta kvota ajratildi
Partiyamizdan Yoshlar parlamenti a’zosi Rahmonjon Kimsanboyev Farg‘ona viloyati So‘x tumani yoshlari uchun tibbiyot sohasi bo‘yicha Oliy ta’lim kvotalarini ajratish masalasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qong‘irodboy Sharipovga murojaat xati yo‘llagan edi...
Raqamli maydon imkoniyatlari g‘oyalarimizni keng ommaga yetkazadi
Bugungi kunda inkor etib bo‘lmas bir haqiqat bor, ya’ni, insonlarni, kerak bo‘lsa, butun boshli davlatlarni axborot boshqarmoqda. Demak, siyosiy partiyalar ham ushbu imkoniyat kuchidan eng maksimal darajada foydalanishi hayotiy ehtiyojdir. Chunki partiya faoliyatini samarali tashkil etishda tashviqot ishlarining ahamiyati katta...
Muammoga deputat so‘rovi orqali yechim topildi
Quva tuman Kengashidagi deputatimiz O.Olimovga tumanning Yuziya mahallasi Shodlik ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolardan hududda bir necha yildan buyon elektr energiyasi ta’minoti tizimida muammolar borligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan...
Deputatimiz so‘rovi bilan eng «og‘ir hududlarda» elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatimiz Zokirjon Zohidov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudovga deputatlik so‘rovi yuborgan edi...
Aholining bandlik darajasi o‘rganildi
Deputatimiz Zokirjon Zohidov Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan “Ar-Roshidoniy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, u yerdagi aholining bandlik darajasi bilan tanishdi. Sababi, aholi bandligi masalasi Xalq demokratik partiyasining ustuvor dasturiy maqsadlaridan biri hisoblanadi...
Ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarga davlat tomonidan arzon uy-joylar qurilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari D.Mamadjanova va Sh.Axmedovlar Farg‘ona tumanida bo‘lib, u yerdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga davlat tomonidan ajratilayotgan arzon uy-joylar holati, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino hamda inshootlar ustidan huquqni e’tirof etishga qaratilgan qonun ijrosi bilan tanishdilar...
Tashabbuskor yoshlarimiz Farg‘onada jamlandi
O‘zXDP Farg‘ona viloyati kengashi tashabbusi bilan 19-20-iyun kunlari viloyatning Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda...
Soha istiqboliga qaratilgan takliflar berildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Hamkorlik memorandumi ijrosini ta’minlashda amaliy muloqot, taklif va tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi...
So‘x tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
So‘x tumani madaniyat markazida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, partiya deputati Zokirjon Zohidov hamda viloyat Kengashi deputatlari ishtirok etdi...
Oliy Majlis deputatlari Toshloq tumanida sayyor uchrashuv o‘tkazdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Dilbar Mamajonova va Shokirjon Ahmedov Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida bo‘lib, bir qator uchrashuvlar va muloqotlar o‘tkazdi...
Manzil: Фарғона шаҳри, Г.Фармонова кўчаси, 17-уй
Telefon: 0 373-244-24-58
Faks: 0 373-244-24-58
Elektron pochta: