Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi a’zolari Farg‘ona shahri hamda Toshloq va O‘zbekiston tumanlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
Ishchi guruh a’zolari muassasalardagi ta’lim-tarbiya jarayoni, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, umumiy xavfsizlik darajasi va sanitar-gigiyenik holatni o‘rgandi.
Ba’zi muassasalarda evakuatsiya, yong‘inga xavfsizligi me’yorlariga to‘liq amal qilish bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, bolalar maydonchasidagi qoplamalarning sifati borasida ayrim kamchiliklar aniqlandi.
O‘rganishlar davomida muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.