O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi tomonidan Yunusobod tumani hududida joylashgan 50-sonli oilaviy poliklinikada "Xalq Konstitutsiyasi xalqchil davlat sari!" shiori ostida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Muloqotda loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilayotgani ta’kidlab o‘tildi. Bu aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish, onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.
Joriy yilda “Kafolatlangan xizmatlar paketi” qayta ko‘rib chiqilib, unda 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha diagnostika, davolash va profilaktika xizmatlari hajmi to‘liq qamrab olinadi.
Yunusobod tumani "Minor" MFY hududida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabining majlislar zalidagi uchrashuv "Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida o‘tdi. Tadbirda ta’lim sohasidagi islohotlar, Konstitutsiyada o‘qituvchilarning maqomi belgilab qo‘yilayotganligi hususida fikr-mulohazalar alashildi.