Qoraqalpoğistonda yoşlar bandligi masalalari muhokama qilindi

 

Nukus şahrida Özbekiston XDP Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi tomonidan «Bandlik va mehnat munosabatlari – yoşlar uçun imkoniyatlar» mavzusida forum taşkil etildi.

Unda yoşlarni munosib iş örinlariga yönaltiriş, mehnat huquqlari va kafolatlarini ta’minlaş, kasbga öqitiş hamda bandlik sohasidagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

Forumda qayd etilganidek, joriy yilning ötgan davrida Qoraqalpoğistonda 230 ta böş iş örinlari yarmarkasi ötkazilib, 14 mingdan ortiq böş iş örinlari taklif etilgan. Amalga oşirilgan çoralar natijasida 1 060 nafar yoş işga joylaştirilgan, 769 nafar fuqaro esa kasbga öqitiş va qayta tayyorlaş kurslariga yönaltirilgan.

Tadbirda Özbekiston XDP Qoraqalpoğiston Respublikasi kengaşi raisi, Jöqorği Kengesdagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeşimbetov, soha mas’ullari, deputatlar va yoşlar vakillari iştirok etib, mehnat şartnomalarini qonuniy rasmiylaştiriş, işga qabul qilişda şaffoflikni ta’minlaş hamda yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.

Özbekiston XDP pozitsiyasiga köra, yoşlar bandligi faqat iş örinlari taklif etiş bilan çeklanmasligi kerak. Muhimi, har bir yoş öz bilimi va qobiliyatiga mos iş topişi, mehnati munosib baholanişi, mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlaridan foydalanişi uçun zarur şaroit yaratilişi lozim. Şu maqsadda davlat taşkilotlari, iş beruvçilar va ta’lim muassasalari hamkorligini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

Forum yakunida bir qator faol yoşlar Faxriy yorliq va partiyaning esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish