Deputatlar faoliyati samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi

 

Andijonda Özbekiston XDP viloyat kengaşi tomonidan mahalliy Kengaşlardagi partiya deputatlik guruhlari faoliyatiga bağişlangan deputatlar forumi ötkazildi.

Unda deputatlik guruhlarining siyosiy taşabbuskorligini oşiriş, partiya dasturiy maqsadlarini amalga oşiriş va saylovçilar manfaatlarini himoya qilişdagi mas’uliyatini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, ötgan davrda amalga oşirilgan işlar, mavjud imkoniyatlar va foydalanilmayotgan deputatlik vakolatlari tahlil etildi.

Forumda ta’kidlanganidek, partiya deputatlari faoliyati sessiyalarda iştirok etiş yoki takliflar bildiriş bilangina çeklanmasligi kerak. Ular hududlardagi dolzarb muammolarni örganib, Kengaş muhokamasiga olib çiqişi, mas’ul taşkilotlardan aniq yeçim va natija talab qilişi lozim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qiliş va fuqarolar uçun teng imkoniyatlar yaratiş ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Muhokamalarda deputatlik guruhlari faoliyatini tizimli taşkil etiş böyiça qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, Kengaş sessiyalari oldidan hududlardagi muammolar va aholi murojaatlarini qamrab olgan «Savol va dastur» kartalarini işlab çiqiş, deputatlik taşabbuslari ijrosini monitoring qiliş tizimini yölga qöyiş taklif etildi. Deputatlarning jamoatçilik oldidagi hisobdorligini oşiriş va ularning taşabbuslarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda izçil yoritib boriş zarurligi ham qayd etildi.

Özbekiston XDP pozitsiyasiga köra, deputatlik faoliyatining samaradorligi bildirilgan takliflar yoki ötkazilgan uçraşuvlar soni bilan emas, balki aholi muammolarining hal etilişi, partiya taşabbuslarining qarorlar qabul qilinişiga ta’siri va ular ijrosi ustidan ta’sirçan nazorat örnatilişi bilan baholanişi kerak.

Forum yakunida mahalliy Kengaşlardagi deputatlik guruhlari faoliyatini takomillaştiriş, partiyaviy nazorat samaradorligini oşiriş va saylovçilar bilan tizimli muloqotni mustahkamlaşga qaratilgan amaliy vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish