O‘zgarayotgan qonunlar, farovon turmushimizning kafolatidir!
O‘zgarayotgan qonunlar, farovon turmushimizning kafolatidir!

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘rol O‘rozboyev, O‘zXDP Jizzax viloyat Kengashi mas’ullari va bir guruh mutaxassislar bilan birgalikda Jizzax viloyat prokuraturasi, shahardagi 14-sonli umumta’lim maktabi hamda Ittifoq mahallasida joylashgan nafis san’at ixtisoslashgan maktablarida bo‘lishib, fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etishdi.

Deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga to‘liq va batafsil ma’lumotlar berildi.

Deputat O‘rol O‘rozboyev Konstitutsiyaga yoshlar bilan bog‘liq alohida bob kiritilayotganini alohida ta’kidlab, kelajagimiz egalarining ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – konstitutsiyaviy majburiyat sifatida belgilab qo‘yilayotganini ta’kidladi.

Arnasoy tumanidagi 1-umumta’lim maktabida “Xalq konstitutsiyasi, xalq tanlovi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda davlatimiz tomonidan aziz farzandlarimiz, bolalarimiz huquqlarini himoya qilish va ularning ta’lim olishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha maxsus norma kiritilayotgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash G‘allaorol tuman bo‘limida "Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari" mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvlar so‘nggida deputatlar xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish