Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e'tiborda
O‘zbekiston XDP Do‘stlik tumani kengashi tashabbusi bilan Chinobod va Qahramon MFYda tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida asosiy e'tibor ehtiyojmand oilalar vakillari hamda «Ayollar daftari»da turgan xotin-qizlarga qaratildi.
Tibbiy ko‘rik davomida 110 dan ortiq xotin-qizlar shifokorlar nazoratidan o‘tdi. Ikki nafar bemorlarga imtiyozli davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
Do‘stlik tumanidagi Chinobod hamda Qahramon mahallalarida tuman tibbiyot birlashmasi hamda O‘zbekiston XDP Do‘stlik tuman Kengashi tashabbusi bilan ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda homilador ayollar tibbiy ko‘rigi o‘tkazildi. Bundan tashqari joylarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibotlar olib borildi.