Uyma-uy loyihasi amalda
O‘zbekiston XDP Zafarobod tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zosi 18-Bodomtog‘ saylov okrugi deputati Feruza Bo‘tayeva tomonidan tumandagi “Qutlug‘ yo‘l” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan aholi va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, holidan xabar olish maqsadida “Uyma-uy” loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida 2-guruh nogironi Nasiba Mahmudova hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj G. Soriyeva va F. Tojiyevalar xonadoniga tashrif buyurib, ularning muammolari o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.