Sport bizni birlashtiradi
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati J.Yoqubov tashabbusi bilan Sarmich MFY faollari va yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha soʻz yuritildi.
Shuningdek, yoshlar oʻrtasida sportning stol tennisi, shaxmat - shashka va valeboll turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.
Gʻolib va sovrindorlar tuman Kengashi va deputat tomonidan taqdirlandi.