Mehr ulashilgan joyda inson qadri ulug‘

 

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati I. Qodirova tashabbusi bilan “Mehr ulashaylik” aksiyasi doirasida “Mehrnuri” MChJ kunduzgi parvarish va sog‘lomlashtirish markazida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida deputat markaz rahbari D. Abdumaliyeva bilan uchrashib, muassasaning faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, markazda davolanayotgan nogironligi bo‘lgan hamda Kambag‘allik reyestrida ro‘yxatda turuvchi 18 nafar bolaning holidan xabar olinib, ularga xayriya yordamlari ko‘rsatildi.

“Mehr ulashaylik” aksiyasi doirasidagi ushbu tadbir ehtiyojmand bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor ko‘rsatishga qaratildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish