Deputatimiz Surxondaryodagi qurilish ishlarining sifatini ko‘zdan kechirdi
Deputatimiz Surxondaryodagi qurilish ishlarining sifatini ko‘zdan kechirdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Odiljon Iminov Surxondaryo viloyatining Angor tumanida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Xususan, Angor tumani “Yangiturmush” mahallasi hududidan o‘tuvchi At-Termiziy ko‘chasida barpo etilayotgan piyodalar yer-usti yo‘lagining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Bugungi kunda “Angor” buyum bozori va “Varona” savdo majmuasi o‘rtasida transport vositalarining qatnov yuklamasi yuqori bo‘lganligi sababli, aholining, ayniqsa, piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida mazkur yer-usti yo‘lagi bunyod etilmoqda.

Deputatimiz qurilish pasportida belgilangan muddat va talablar asosida ishlarni sifatli yakunlash, qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish