“Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining Chirchiq shahar bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati Chirchiq shahar kengashi tomonidan “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov uchta shart — “Tanishuv”, “Siyosiy hozirjavoblik” hamda “Xotin-qizlar muammosini hal etishning eng samarali yo‘li” yo‘nalishlari asosida tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib, tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan savollarga javob berdilar, shuningdek, ijtimoiy loyihalarini taqdim etdilar.
Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi. Tanlov yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar aniqlandi.