O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan Angren shahridagi “Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatda inklyuziv muhitni mustahkamlash maqsadida “Imkoniyat cheklanmagan” aksiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi rahbariyati va xodimlari, partiyaning viloyatdagi tuman va shahar kengashlari raislari, partiya faollari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Aksiya doirasida viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan amaliy san’at namunalari, milliy hunarmandchilik buyumlari, tasviriy san’at asarlari, kashtachilik va boshqa ijodiy ishlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilarning qo‘l mehnati mahsulotlari auksion savdosiga qo‘yilib, xarid qilindi.
Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda teng imkoniyatlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yakunda aksiyada faol ishtirok etgan bir guruh fuqarolarga O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, 12 nafar tadbir ishtirokchisi partiya safiga qabul qilindi.