Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo deputat nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashidagi deputatimiz Marat Isoqov “Sug‘diyona” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida mahalla faollari hududda elektr ta’minoti bilan muammolar borligini ma’lum qilishdi.
O‘tkazilgan manzilli o‘rganishlar davomida mavjud elektr tarmog‘i ortib borayotgan yuklamaga bardosh bera olmayotgani, buning oqibatida kuchlanish pasayishi va elektr energiyasida uzilishlar kuzatilayotgani aniqlandi. Shuningdek, ayrim eskirgan simyog‘ochlarni yangilash zarurligi qayd etildi.
Deputat mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga so‘rov jo‘natishini hamda masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishi ma’lum qildi.