Deputat murojaatlarga yechim topishga kirishdi


Partiyamiz Samarqand tumani Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Zokir Davronovga “Xaymari Poyon” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushdi.
Deputat murojaatni joyiga chiqib o‘rganganda qator muammolar ko‘zga tashlandi.
O‘rganish davomida Yurt saodati ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekani, hududdagi elektr simyog‘ochlari hamda sug‘rish tarmog‘i bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlandi.
Xalq vakili aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘tarilgan masalalarga yechim topish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib hamkorlikda yechim topishga kirishdi.

← Roʻyxatga qaytish