Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi

 

O‘zbekiston XDP Termiz shahar kengashi raisi Z. Doniyorova tomonidan shahardagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, pedagog xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish