Bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati G‘anisher Ne’matov tomonidan aholini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring doirasida “Sultan Farm” va “Miron Universal” dorixonalari faoliyati o‘rganildi. Unda DIMET tizimi orqali bepul dori vositalarini berish tartibi yo‘lga qo‘yilgani, fuqarolarga belgilangan tartibda dori-darmonlar ajratilayotgani hamda tizimning amaliyotdagi samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtik xizmatlar sifati va bepul dori vositalari mavjudligi yuzasidan ham o‘rganishlar olib borildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish