Ko‘p qavatli uylar atrofida bolalarga yaratilgan infratuzilma holati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Qorovulbozor tuman Kengashidagi deputatimiz A.Bozorov “Cho‘lquvar” mahallasida bo‘lib, hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofida bolalarga yaratilgan infratuzilma holati bilan tanishdi.

Deputatimiz o‘rganish davomida maydonchalarning sanitariya holati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘yin uskunalarining texnik holati hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bolalarning ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasida kamchiliklar ko‘zga tashlangan. Xususan, maydonchalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash borasida talaygina muammolar borligi qayd etilib, bu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi.

Deputat bolalar maydonchalarini saqlash va ularning xavfsizligini ta’minlash masalasi aholi farovonligi hamda yosh avlodning sog‘lom o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, mazkur masalani deputatlik nazoratiga oldi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish