Nukusdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Nukus shahar kengashi hamda Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi partiya guruhi a’zolari tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda Nukus shahridagi “Samanbay” mahallasida joylashgan 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida muassasada sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, elektr jihozlaridan foydalanish holati hamda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Mutaxassislar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifati va xavfsizlik talablarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati Mahira Mamutova saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaat asosida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotiga 3 dona televizor taqdim etdi. Ushbu amaliy ko‘mak bolalarning bilim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish