Mahalla ichki yo‘llari holati deputat tomonidan o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Denov tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati M.Abduraimov “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Zarafshon” mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlari asosida ichki yo‘llar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi ayrim ichki yo‘llar ta’mirtalab holatga kelgani va bu holat fuqarolarning kundalik harakatlanishida noqulayliklar keltirib chiqarayotgani aniqlandi. Deputat mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazib, mavjud muammolar yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Aniqlangan masalalarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish hamda yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishi belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Konstitutsiyaga taklif Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish