Denovdagi tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati M.Abduraimov hamda O‘zbekiston XDP Denov tumani kengashi raisi X.Mirzayev tomonidan Denov tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bo‘limlar faoliyati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi. Xususan, jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limida bemorlar soni ortib borayotgani sababli mavjud o‘rinlar yetarli emasligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘lim quvvatini kengaytirish va qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etish zaruratini yuzaga keltirayotgani qayd etildi.

Shuningdek, tibbiy jihozlardan foydalanish holati va tibbiyot xodimlari faoliyati o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, mavjud muammolarga yechim topish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari deputatlik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish