Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimi sinovdan o‘tkazildi

 

Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni aniqlash maqsadida partiyamiz Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda Xalqaro innovatsion universiteti hamkorligida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi.

Turnirda viloyat partiya kengashi mas’ullari, deputatlar, ustozlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Mazkur turnir 2 bosqichda tashkil etilib, har bir bosqichda 10 tadan savol o‘rtaga tashlandi. Savollar asosan Konstitutsiya va qonunchilik asoslari, parlament va mahalliy Kengashlar faoliyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun mohiyatiga oid bo‘ldi. Musobaqada iqtidorli va siyosatga qiziquvchi yoshlardan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnir so‘nggida partiya a’zo bo‘lish istagini bildirgan 15 nafar yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish