“Bir mahalla – bir tashabbus” loyihasi doirasida Nukus shahrining “Amudaryo” mahallasi hududida xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi Qutlimurat Qalxorazov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Unda deputat Q.Qalxorazov Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J.Edenbayev hamda “Amudaryo” MFY ijtimoiy xodimi B.Erejepov bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj va uy-joyini ta’mirlashga ehtiyoji mavjud oilalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash – partiyaning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.